20:05
Tanamizdagi xollar nimadan darak beradi?
Qadim zamonlardanoq odamlar insonning yuziga qarab,uning nimalarga qodirligini o`qiy olishgan. Kimga hazil, kimga chin, keling, biz ham tashqi ko`rinishga qarab omadga erishish imkoniyatlarini «bashorat» qilib ko`ramiz.

Taqdir nishonalari

Bu boradagi mutaxassislar, ya`ni fiziognomistlar inson tashqi ko`rinishining bir-birini takrorlamaydigan sifatlari o`zida juda ko`p qimmatli ma`lumotlarni jamlaganini e`tirof etishadi.

Nafaqat xalqona irimlar, balki zamonaviy fiziognomistlarning hisob-kitoblari ham tanada xolning ko`p bo`lishi uning egasi boshqalardan ko`ra baxtliroq, karera borasida omadliroq bo`lishini ta`kidlaydi. Bunday hisob-kitoblarga ko`ra:
Quloqlardagi xollar pul bilan bog`liq masalalarda muvaffaqiyatga erishishni bildirarkan.
Lablardagi xollar — muhabbat bobidagi omad belgisi.
Iyakdagi xollar — boylik nishonasi.
Elkalardagi xollar sizning insonlarni yaxshi ajrata bilishingiz va hayot tashvishlari, jumboqlaridan muvaffaqiyatli o`ta olishingizni bildiradi.
Bilakdagi xollar — farzand ko`rishdagi muvaffaqiyatdan darak beradi.
Yanoqlardagi xollar karera borasida o`rtamiyona omadni bildiradi. Bunday insonlarning shaxsiy hayotda ko`proq baxtli bo`lishi kutilarkan.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 862 | Добавил: Admin | Теги: Tanamizdagi xollar nimadan darak be | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar