12:21
Tanamizdagi modda almashinuvi tizimi to'g'ri ishlaydimi?
Ortiqcha vaznlimisiz yoki kam vaznli?
Och qolasizmi yoki go`sht emaysizmi?
Turli vitaminlar qabul qilasizmi?
Shirin/tuzli/yog`li ovqatlarni iste`mol qilasizmi?
Meva-sabzavotlardan kam eysizmi?
Yuzingiz rangi sog`lom emasmi?
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanasizmi?
Toza havoda kam bo`lasizmi?
Qabziyatdan qiynalasizmi?
Husnbuzar yoki allergik toshmalar bezovta qiladimi?
Sochlaringiz ko`p to`kiladi, rangi xiralashganmi?
Tirnoqlaringizda chiziqchalar bormi?
Teringiz qurishadi yoki yog`lanib, tez yallig`lanadimi?
Tana harorati odatdagi (36 S) dan baland yoki pastmi?
Ko`p suyuqliq (kuniga 1,5 litrdan ortiq) ichasizmi?
Tezda vazn yo`qotib, vazn orttirasizmi?
Quvvatsizlik sezasizmi?
8 soatdan kam uxlaysizmi?

Natija:

2‑3 savolga javobingiz «ha», bo`lsa, demak, modda almashinuvi normal holatda. Vazningizga ahamiyatli bo`ling, yaxshi ovqatlaning.

4‑9 savolga javobingiz «ha», bo`lsa, taomnomangizni ko`zdan kechiring. Darmondorilar qabul qiling, jismoniy mashqlar bilan shug`ullaning. Vaqtida uxlashni ham unutmang, toza havodan nafas oling.

10 tadan oshiq savolga «ha» deb javob bergan bo`lsangiz,demak, modda almashinuvi buzilgan. Terapevt, endokrinolog va parhezshunos ko`rigidan o`ting.

Madina tayyorladi
Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 703 | Добавил: Admin | Теги: Tanamizdagi modda almashinuvi tizim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar