19:20
Suzish bilan shug`ullaning, chunki...
1. Yurakka quvvat

Muntazam ravishda suvda suzish mashqlari yurak qon-tomir tizimi uchun yaxshi foyda beradi. Chunki suzishni boshlaganingiz zahoti arterial qon bosimi me`yoriga keladi. Yurak mushagi chiniqqanligi bois uning elastikligi ortadi.

2. Nafas olish tizimidagi muammolardan xalos etadi

Agar bronxit yoki o`pka yallig`lanishidan aziyat cheksangiz, shifokor tavsiyasiga ko`ra suzish bilan shug`ullanishingiz lozim. Chunki bu sport turida muntazam nafas mashqlarini bajarishingizga to`g`ri keladi. Natijada o`pka chiniqadi. Bundan tashqari, gipoksiya (kislorod etishmasligi)dan xalos etadi.

3. Asablarni tinchlantiradi

Suv tanani bo`shashtirish xususiyatiga ega bo`lib, mushakdagi spazmlarni ketkazadi. Miya tin olib, uyqu va xotira yaxshilanadi. Suvga tushgach, barcha tashvishlarni unutasiz va ruhiy zo`riqishlardan xalos bo`lasiz.

4. Osteoxondrozni davolaydi

Hovuzda suzish, ayniqsa, umurtqa pog`onasida muammolari bor bemorlarning sevimli mashg`ulotiga aylanishi lozim. Bu sport turi umurtqa qiyshayishining odini oladi va bo`g`imlar bilan bog`liq artrit xastaliklarini davolashda yaxshi samara beradi.

5. Ozdiradi

Bir soat suvda suzish naqd 500 kilokaloriyadan xalos etadi. Mashg`ulotlarga muntazam qatnash natijasida moddalar almashinuvi yaxshilanib, ortiqcha santimetrlar o`z-o`zidan yo`qola boshlaydi.

6. Semirishni istaganlar uchun ham foydali

Qanday qilib deysizmi? Suzish mashqlari davomida tanangizdagi barcha mushaklar ishlaydi. Mushaklar harakatlangani sari o`sib boraveradi. Natijada yog`lar hisobiga emas, aynan mushaklar hisobiga chiroyli qomatga ega bo`lasiz.

7. Varikozning oldini oladi

Suzish mashg`ulotidan keyin qon aylanishi yaxshilanadi, bundan tashqari, asosiy yuklama boldir va oyoq kaftiga tushgani uchun venalarda yig`ilib qolgan kon tarqala boshlaydi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 770 | Добавил: Admin | Теги: chunki..., Suzish bilan shugullaning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar