12:45
Suvaraklarni qanday qilib yo'qotish mumkin?
Ho`sh ulardan qanday qutulish mumkin? Bu hasharotlar shunchalik chidamli va yashashga kurashuvchan bo`lishadiki, hech bir dori ularni 100 % yo`q qila olmaydi. Hatto boshi yo`q suvaraklar ham 8 kun yashay oladi. Demak ulardan qanday qutulish mumkin?

Avvalo suvaraklar namlikni hush ko`radi. Uyda idish tovoqlaru rakovinaniyam tozalab quritib artib qo`ying. Umuman namgarchilik bo`lmasin.

Har qanday yegulikni og`zi yopiq konteynerda saqlang. Hatto muzlatgichdayam. Don dun, non va non mahsulotlari, un shakar ularning sevimli ozuqasidir.

Suvaraklar sovuqni hush ko`rishmaydi ularga issiq xavo yoqadi. Shunday ekan uyni sovuqda shamollatib qo`ying. 8 gradus sovuqda xar qanday suvarak dosh berolmaydi.

Endi ularga qarshi kurashuvchi dorilovchi vositalar 1) Borny kislotasi. 2) Mahsus bur. Uni mebel teshigiga pol teshigiga surtib qo`ying. 3) Global Gel. Bu gelni xam xuddi shunday suvaraklar bolalashi tuhum qo`yish xavfi ko`p bo`lgan joylarga tomizib chiqing. 4) Gel Domovoy 5) Absolyut-gel 6) Gel Doxloks — Bu dori vositalari veterenar aptekalardan xarid kilishingiz mumkin. Endi borny kislotasi bilan qanday ishlashga tuhtalsak. Borny kislotasi kukunini tuxum sarig`i bilan yaxshilab aralashtiring. Sung kichik sharikchalar yasab ularni kog`oz ustida terib chiking. Ozgina quritib tarakanlar ko`p yig`iladigan joylarga qo`yib chiqing. Tez orada ulardan halos bulasiz.
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 1162 | Добавил: Admin | Теги: Suvaraklarni qanday qilib yo'qotish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar