16:43
SUNBULA (24.08-23.09)
Ayol — doim sevgan insonining yonida bo`lishni istaydi. Tasavvur olami juda boy, juftini turli yangiliklar bilan xursand qilishni xush ko`radi. Uni hech qachon ruhan tushkun ahvolda ko`rmaysiz. Hayotga optimistlik bilan qarashi hammaning havasini keltirishi tayin. Sevgan yorini har qanday cho`qqilarni zabt etishga ilhomlantira oladi.

Erkak — orzularidagi yagonasini topmagunga qadar ehtiroslardan butunlay yiroqda bo`ladi. O`z juftini uchratgach, u uchun tog`ni talqon etishga ham shay turadi. Sunbula vakillaridan etiborliroq erkak yo`q. Erta-yu kech jufti yonida bo`lishini xohlaydi. Savr, Jadiy bilan tez til topishadi. Javzo, Mezon, hut va Qavs xonimlar bilan munosabatga kirishishi mushkulroq.
Категория: Qiziqarli Munajjimlar bashorati / burjlar olami / muchallar | Просмотров: 1126 | Добавил: Admin | Теги: SUNBULA (24.08-23.09) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar