21:07
Soatga qarab ozamiz
Semizlik mavzusi hech qachon dolzarbligini yo‘qotmasa kerak. Ayniqsa, bugungi kundaa! Ozishning taklif etilayotgan turlari juda ko‘p. Quyida ana shunday usullardan birini keltiramiz. Bu yo‘l bilan har uch oyda 6-7 kg. vazn tashlash aytarli muammo tug‘dirmaydi. Qolaversa, ochlik ham talab qilinmaydi. Faqa soat millarini kuzatasiz, xolos… Oshqozon soat 07 dan 09 gacha ishlay boshlaydi. Bu vaqt orasida nonushta qilib oling. Turli quyuq ovqatlar va meva-sabzavotlarni bemalol iste’mol qilish mumkin. Sal keyinroq, yani soat 09 dan 11 gacha oshqozon dam oladi. Lekin oshqozon osti bezi ancha faollashadi. Bu paytda oshqozonni ovqat yoki biror yegulik bilan to‘ldirmagan ma’qul. Juda bo‘lmaganda meva yoki yog‘siz qatiq iste’mol qilish mumkin. Buyraklar va siydik pufagi soat 15 dan 19 gacha faol bo‘ladi. Bu paytda ko‘p suyuqlik ichish mumkin. Kechki ovqatga go‘shtli taomlar iste’mol qilsa ham bo‘ladi. Lekin haddan ziyod to‘yib yemang. Soat 19 dan 21 gacha buyraklar dam oladi. Shu sababli bu paytda iloji boricha kam suyuqlik ichib, ozgina taom iste’mol qiling. Bunday paytda qon aylanishi ancha faol bo‘ladi. Kechki sayr uchun qulay payt! Soat 21 dan 23 ga qadar istagan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish mumkin. Kechki 23 dan tungi 01 gacha o‘t pufagi faol bo‘ladi. Hech qanaqa yog‘li ovqat yemang. Och va ilojsiz qolsangiz, taom o‘rniga birorta meva iste’mol qiling. Soat tungi 05 dan ertalabki 07 gacha yo‘g‘on ichak uyg‘onib, faollashadi. Ana shu soatlarda uyg‘ongan bo‘lsangiz, eng yaxshisi, bir stakan suv iching yoki quritilgan meva yeng. Bir so‘z bilan organizmimizning ishlash tizimini yaxshilab tushunib olgach, nafaqat ozish, balki tanamiz bilan “kelishib, hamohang” yashashimiz mumkin.
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 984 | Добавил: Admin | Теги: Soatga qarab ozamiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar