15:59
Siz qanday kelinsiz? Qaynonalar uchun shpargalka! (Psixologik test)
Quyidagi test savollariga javob berib, qanday kelin ekanligingizni bi-i-ir isbotlang.



 



Qaynona va kelinlar munosabati haqida gazeta-jurnallarda yuzlab maqolalar yozilgan, filmlar suratga olingan, hattoki qo`shiqlar ham kuylangan. Qay biriga qaramang, kelin bechora qurbon, qaynona esa uni yamlamay yutishga tayyor «anakonda»! Lekin, hozirgi qizlar ham anoyi emas-da. «Kelinlik» maqomiga erishganiga 3 kun bo`lmasdan, qaynonasini tokchaga choynakdek terib qo`yishni orzu qilishadi. «Juda oshirib yubordingiz» deysizmi?! U holda quyidagi test savollariga javob berib, qanday kelin ekanligingiz (yoki kelajakda) ni bi-i-ir isbotlang.



 



Yo`riqnoma



Jadvalga asoslanib,  ballarni hisoblang:



 



 






























































 



1



2



3



4



5



6



7



8



a



4



2



4



2



4



6



2



4



b



8



6



6



4



2



4



4



2



v



2



8



2



8



6



2



8



8



g



6



4



8



6



8



8



6



6




 



 



1. Turmush o`rtog`ingizning oila a`zolari bilan munosabatingizni to`g`ri ta`riflovchi variantni belgilang:



a) Nimagadir ularni o`z oila a`zolarimdek qabul qila olmaganman;



b) Erimning yaqinlaridan tashqari amma-xola, amaki-tog`a va ularning farzandlari bilan ham bordi-keldini o`rniga qo`yaman;



v) Qaynonam jufti halolimning onasi, uning sihat-salomatligi, issiq-sovug`idan xabar olib turish vazifam;



g) Ochig`i, qaynota-qaynonamni o`z ota-onamdek yaxshi ko`raman.



2. Xalq orasida qaynonalar haqida aytiladigan gaplarga munosabatingiz:



a) «Shamol bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» degan naqlni eshitganmisiz...



b) Nazarimda, yomon qaynonalardan ham dolzarbroq mavzular bor. Yana, hammani teng ko`rish noto`g`ri;



v) Bo`lajak kelinlar buni ogohlantirish sifatida qabul qilganlari yaxshi, har bir gapning tagida biror asos bo`ladi;



g)  «Pashshadan fil yasash»ga ustamiz-da!



3. Qaynonangizga sovg`a xarid qilish lozim. Bu vaziyatda sizning harakatingiz...



a) Atayin sovg`a olmayman, sochiq, idish-tovoq to`plami yoki shunga o`xshash biror buyum bemalol hadyaning o`rnini bosoladi;



b) Erimdan pul olaman. Qaynonam bilan bozorga tushib, o`zlariga yoqqan va kerakli narsa yoki libosni xarid qilamiz; 



v) Men yaxshi kelinman, oyijonimdan bemaslahat ish qilmayman;



g) Didimga ishonaman, shu vaqtgacha pand bermagan.



4. Biror bir holatda qaynonagiz sizga ko`maklashmoqchi ekanini aytsa, siz nima qilasiz?



a) Sevinchim ichimga sig`may ketadi, har qalay ular mendan tajribaliroq;



b) Barcha ishlarni o`zim bajarishga o`rganganman. Atrofdagilarning menga aql o`rgatgani yoqmaydi;



v) Biz bir oilamiz, shunday ekan «bir yoqadan bosh chiqarib» ish qilamiz;



g) Qaynonajonimning ko`maklarisiz birorta ham ishim bitmaydi, men ham ularga har qanday yumushda madadkorman.



5. Oilada dilxiralikka sabab bo`luvchi voqea yuz berdi, shunda siz...



a) Hammasi iziga tushib ketguniga qadar indamay yuraman;



b) Men kelinman. Uzr so`rash hamda «yarash oshi»ni pishirish mening vazifam;



v) Bizning oilada bunday holatlar bo`lmaydi. Qo`limdan kelgancha, noqulay vaziyatlarni bartaraf etishga harakat qilaman;



g)  Ayb menda bo`lmasa, umuman bu haqida o`ylamayman. Nima bo`lsa, bo`lar!



6. Sizningcha, oilangizda kim boshliq?



a) Bizda hamma teng huquqli! Barcha masalalarni erim bilan bamaslahat hal etamiz;



b) Har kim o`z shaxsiy hududi va hayotiga egalik qilishi tarafdoriman. Ayrim ishlarimga hatto erimni ham aralashtirmayman;



v) Shubhasiz, turmush o`rtog`im!



g) Erim bilan qaynonamga «Xo`p, xo`p!» deyman-u, o`z bilganimdan qolmayman.



7. Qaynonangizni qay bir ishi sizni ranjishingizga sabab bo`lishi mumkin?



a) Qaynotam, qayin-bo`yinlarim bilan meni muhokama qilishsa xafa bo`laman;



b) Erimga meni yomonlasalar...



v) Hamkasb yoki dugonalarimdan men haqimda so`rab-surishtirganida ko`nglim ozor chekkan bo`lardi;



g) Menga sovuq va befarq muomalada bo`lishlarini ko`tarolmayman...



8. Kimdir sizdan ma`lum bir ish yuzasidan maslahat so`radi. Ammo keyinchalik u baribir o`z bilganicha ish tutdi. Shunda siz...



a) Ahamiyat ham bermayman, har kim o`zi xohlagandek ish qiladi;



b) «Mening fikrim bu insonga bir tiyin ekanda» deb xafa bo`laman;



v) Qulay vaziyat paydo bo`lganda, «o`z bilganingdan qolmas ekansan, nega maslahatlashding?» deb nishimni suqib olaman;



g) Maslahat oshimiz qanday yakun topgani bilan qiziqaman.



 



16 dan 26 ballgacha



Tirishib-tirmashib qaynonangizni ko`nglini olishga harakat qilasiz. Bu ishingiz to`g`ri. Nega deganda yosh oilangiz butunlay eringizning ota-onasiga qaram-da! O`z uyingiz yo`q, ro`zg`or tebratishga etarli maosh ham olmaysiz. Sizga yoqsa-yoqmasa sabr va qanoat bilan yashashdan boshqa ilojingiz yo`q. Ammo zahringizni ham ichingizga yutmang, aks holda bir kun portlashingiz hech gap emas. Maslahatimiz, sixni ham, kabobni ham ko`ydirmaslikka harakat qiling. Siz, eringiz va farzandlaringiz bilan bog`liq masalalarda damba-dam o`z fikringizni aytib turing. Pazandalik, chaqqonlikdan tashqari, shaxs sifatida ham qaynonangizni hurmatini qozoning.



27 dan 40 ballgacha



Oilaviy ishlarga hech kimni aralashtirishni istamaysiz. Mustaqil bo`lishga intilasiz,  hech bir jihatdan qaramlikni yoqtirmaysiz. Shu sababli qaynongizdan yordam so`ramaysiz, uni oilaviy muammolardan xoli tutasiz. Har qanday masalani o`zingiz hal etishga o`rgangansiz. Oilangiz er-xotin birgalikda tuzgan qoidalaringizga asoslanib yashaydi. Biroq chegaradan chiqib ketmang. Turmush o`rtog`ingizning ota-onasi o`g`lining hayoti, nabiralarining tarbiyasi bilan qiziqishga, hatto aralashishga ham haqli! Unutmang!  



41 dan  54 ballgacha



Qaynonangiz bilan xuddi dugonalardeksiz. Mulohazali va aqlli ayol ekaningiz ham shunday ma`lum. Eringiz uchun qadrli ikki ayolning o`rtasida hech qanday kelishmovchilik yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaysiz. Turmush o`rtog`ingizning voliadasini qanday xushnud etishni va o`z hududingizni dahlsiz saqlashni yaxshi bilasiz. O`g`lini sizga ishonib topshirgan ayol ham maqtovlarga loyiq. Kelinni yaxshi tanlabsiz, barakalla, Qaynonajon!



55 dan 64 ballgacha



Qaynonangizni bir ko`rishdayoq yoqtirmagansiz, tan oling. O`zingizcha eringizga qo`shib, bu keksa ayolni ham qayta tarbiyalashni maqsad qilgansiz-da. Maslahatimiz, xomtama bo`lmang! Ro`zg`oringiz, juftingiz bilan munosabatingiz, bolalaringiz tarbiyasini qaynonangizdan hadeb qizg`onavermang. O`zingizni xuddi siyosiy arboblardek hushmuomala tutishingizdan, yuqoridagi xislatlaringiz ko`zga tashlanmaydi. Qaynonani do`st bilsangiz, u sizga ko`p ishlarda ko`mak berishi shubhasiz!



Zilola UBAYDULLAEVA tayyorladi 

Категория: Qiziqarli psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar | Просмотров: 3228 | Добавил: Admin | Теги: Siz qanday kelinsiz? Qaynonalar uch | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar