15:55 Siz g'iybatchimisiz? (Psixologik test) | |
Kunda-shunda dugonalar, mahalladagi ayollar, qarindosh urug`lar bilan turli mavzularda suhbatlashamiz. Ammo bu suhbatlar bilib bilmay kimlarnidir muhokama qilishimiz mumkin. Shu bilan kishi g`iybatchi bo`lib qoladimi? G`iybatga qanchalik moyil ekaningizni bilish uchun quyidagi savollarimizga javob bering. 1. Yaqin kishingizga qo`ng`iroq bo`ldi, u go`shakni ko`tarish uchun boshqa xonaga chiqsa... A) Xech gap aytmayman, bu uning istagi – 3 ball B) Yashirincha eshitaman, qiziq-da – 1 ball V) Kamdan-kam hollardagina eshitaman – 2 ball 2. Do`stlaringizning hayotidagi barcha yangiliklarni batafsil so`rab olasizmi? A) Yo`q, bu ularning hayoti – 3 ball B) Albatta, o`zi aytib tursa nimaga so`ramasligim kerak – 1 ball V) Faqat alohida holatlarda – 2 ball 3. Tanishlaringizning odatlarini muhokama qilib turasizmi? A) Bunga xojat yo`q, o`ziga aytib qo`yaqolaman – 3 ball B) Gap yo`qligida gapda – 1 ball V) Faqat kayfiyatim bo`lmaganda – 2 ball 4. Kim qancha maosh olishga qiziqasizmi? A) Yo`q, har kim nasibasiga yarasha oladi – 3 ball B) Buni bilish men uchun muhim – 1 ball V) Faqat kasbdoshlarimning maoshiga qiziqaman – 2 ball 5. Telefonda suhbatlashayapsiz, so`zlashishga mavzu qolmadi... A) Suhbatdoshim bilan hayrlashib, go`shakni qo`yaman – 3 ball B) Biroz jim turaman, balki undan mavzu chiqib qolar – 2 ball V) Bunaqasi xech qachon bo`lmagan – 1 ball 6. Qaysi mavzularni muhokama qilasiz? A) Faqat aniq xulosa beradiganlarini – 3 ball B) Kayfiyatga qarab, xar xil narsalar haqida gaplashaman – 2 ball V) Atrofda qiziqarli voqealar shunchalik ko`pki, barchasini aytishga ulgurish kerak – 1 ball 7. Xonangizga yangi gulqog`oz tanlayapsiz. Qanday rangisiga ixtiyor berasiz? A) Moviy – 3 ball B) Sariq – 2 ball V) Qizil – 3 ball 8. Ko`chada janjal bo`lyapti... A) Darrov chiqaman, balki ularni ajratish kerakdir – 3 ball B) Begonalar bo`lsa menga nima – 2 ball V) Darhol qo`shnilarga qo`ng`iroq qilaman, milisiya chaqirib yuborishsin – 1 ball Javoblar: 20 dan 24 ballgacha G`iybatchilik sizga yot illat. O`zingizga kerak ma`lumotni asosiy manbaadan olib, boshqalari bilan hisoblashib ham o`tirmaysiz. Haqiqiy sirdoshsiz, sizga o`z sirini ishongan insonni xafa qilishdan ehtiyot bo`lasiz. Biroq ba`zida muhokama qilinayotgan mavzular ahamiyatini bo`rttirib ko`rsatishingiz mumkin. Barini yurakka yaqin olishga moyilligingiz bor. 13 dan 19 ballgacha Kayfiyat odamisiz. Zerikib qolsangiz o`zgalarning hayotiga qiziqish paydo bo`lishi mumkin. Kim haqida, yoki nima haqida g`iybatlashish siz uchun unchalik ham muhim emas, shunchaki o`zingizni biror mashg`ulot bilan chalg`itish uchungina bu ishni qilasiz. Band bo`lganingizda g`iybatlarga e`tibor ham bermasdingiz. Zerikish, bekorchilik, mana barining boshi qaerda. Demak, bu illatdan xalos bo`lish uchun doim band bo`ling. 8 dan 12 ballgacha Turli voqealar boshingizda g`ovlab ketganidan insonlar hayoti haqida butun boshli roman yozsangiz bo`ladi. Uzoqroq tanishingizning qo`shnisining kelini haqidagi ma`lumotlar ham e`tiboringizdan chetda qolmaydi. Aksiga olgandek, siz qiziqarli suhbatdoshsiz, hikoyalaringizni eshitish ham maroqli. Shu qobiliyatingizni to`g`ri yo`lda sarflashga nima deysiz? Sir saqlay olmaganligingiz bois ko`p dakki egansiz, bundan tashqari vaqt va quvvatingizni umuman keraksiz narsalarga sarflab yuborayapsiz. Buning o`rniga ishda yoki oilada qo`l kelishi mumkin bo`lgan biror ilm egallashingiz mumkin. Aks holda birovlarning hayotidagi yangiliklar ortidan quvib, umringizni havoga sarflab yuborasiz. | |
|
Всего комментариев: 0 | |