13:33
Shirakayf selfi ishqibozi tezyurar shosseda halok bo`ldi

Germaniyada britaniyalik sayyoh do`stlari bilan avtomobillar katta tezlikda yuruvchi shosseda selfiga tushayotganda halok bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Voqea 30 aprel kuni Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn erlaridagi Gudov shahrida ro`y berdi. Uch nafar shotlandiyalik sayyoh yigitlar tezyurar shossedan yo`lning narigi tomoniga o`tayotgan 22 yoshli sayyoh yigit 73 yoshli mahalliy haydovchi boshqarib kelayotgan avtomobil g`ildiraklari tagida qoldi va voqea joyida halok bo`ldi. Qolgan ikki sayyoh yigitga hech narsa qilmadi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, shotlandiyalik sayyoh yigitlar mast holatda bo`lgan, ular selfiga tushish maqsadida shossega chiqqan.
 

Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 759 | Добавил: G‘anisher | Теги: Shirakayf selfi ishqibozi tezyurar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar