12:10
Shaytanat seriali namoyishi Ramazon oyidan keyinga qoldirildi
Ko‘pchilik intiqlik bilan kutayotgan “Shaytanat” seriali 14-may kunidan boshlab efirga uzatilishi rejalashtirilgandi.

“Xabar.uz” nashrining O‘zMTRKdagi manbasiga ko‘ra, serial Ramazon oyidan so‘ng efirga uzatiladi.

Telekanal rahbariyati ro‘za oyida ushbu serialni namoyish etishni lozim topmadi.

Eslatib o‘tamiz, Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi “Qalqon” studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan, buning sababi esa izohlanmagan edi.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 879 | Добавил: Админ | Теги: Shaytanat seriali namoyishi Ramazon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar