15:47 Shahzoda Matchonova «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi | |
Aktrisa Shahzoda Matchonova «Ak Ilbirs» qirg`iz milliy mukofotining «Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi» nominasiyasida g`oliblik uchun kurashadi, deb xabar bermoqda Kunutun nashri. Unga bu muvaffaqiyatni Yolqin To`ychievning «Ma`suma» filmidagi roli olib keldi. Mazkur mukofot 2012 yilda ta`sis etilgan bo`lib, 2017 yildan boshlab Markaziy Osiyodagi eng yaxshi aktyor va aktrisalar ham taqdirlanishni boshladi. O`tgan yili hamyurtimiz Feruza Saidova Zulfiqor Musoqovning «Hazonrezgi» filmidagi yaratgan obrazi uchun Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi unvoniga loyiq deb topilgan edi. 2016 yilda esa Yolqin To`ychievning «Suv parilari uyi» kartinasi Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan. «Ak Ilbirs»ning bu yilgi taqdirlash marosimi 27 aprel kuni Bishkek shahrida bo`lib o`tadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |