09:12 Saratonni keltirib chiqaruvchi mahsulotlar ma`lum bo`ldi | |
Amerikalik olimlarning aniqlashicha, asparagin aminokislotasi miqdori kam bo`lgan mahsulotlar gormonal terapiya bilan davolanishi qiyin bo`lgan ko`krak saratoni tajovuzkor shakli bilan kasallanish xavfini ancha kamaytiradi. Tadqiqotchilar natijalari Nature jurnalida e`lon qilingan, matbuot relizi esa EurekAlert! saytida joylashtirildi. Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, birlamchi saraton hujayralarida asparagin sintetazasi fermenti faolligi xavfli hujayralarning boshqa to`qimalar hamda a`zolarga tarqalib ketishiga xizmat qiladi. Ferment ishining medikamentozli bosib turilishi hamda parhez ikkilamchi o`choqlar paydo bo`lishi xavfini kamaytiradi. «Bizning tadqiqot shundan darak beradiki, parhez kasallikning kechishiga ta`sir ko`rsatishi mumkin», - deya aytib o`tdi olim Saymon Nott. Uning so`zlariga ko`ra, ushbu aminokislota miqdorining kamligi aksariyat meva va sabzavotlarda uchraydi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |