14:17 San`atkorlar har yili Prezident nomidan rag`batlantirib boriladi | |
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shgansan`atkorlarni hamda o`zbek san`atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (VMQ-271, 06.04.2018 y) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ushbu qaror bilan Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo`shgan san`atkorlarni hamda o`zbek san`atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan rag`batlantirish tartibi to`g`risida Nizom tasdiqlandi. Nizomga ko`ra: - Milliy madaniyatimiz rivojiga katta xissa qo`shgan san`atkorlar hamda o`zbek san`atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag`batlantiriladi va ularga mukofotlanganlik to`grisida sertifikat topshiriladi; - Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayottan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi: - kompozitor, bastakor va san`atshunoslar; - teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari; - dirijyorlar, baletmeysterlar; - musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari; - doston ijrochiligi namoyandalari; - shoir va yozuvchilar; - muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilshs sohasida faoliyat ko`rsatayotgan xodimlar; - tasviriy va amaliy san`at vakillari, dizaynerlar. Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yo`nalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin. Nomzodlarni tavsiya qilish va g`oliblarni aniqlash hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida o`tkaziladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |