14:12 Samarqandda 4 yoshli bolaning qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoldi | |
2017 yil 24 iyun kuni Kattaqo`rg`on tumani Payshanba shaharchasi Navoiy mahallasida yashovchi 4 yoshli A.Ibragimov ota-onasining e`tiborsizligi tufayli elektr go`shtqiymalagich oldida o`ynab o`tirgan vaqtida qo`lini go`shtqiymalagich qisib qoladi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Shundan so`ng, A.Ibragimovning ota-onasi uni darhol RShTTYoM Samarqand viloyati filialiga olib borishadi. Shifokorlar bemorni ko`rib yordam ko`rsata olmasligini aytib Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat etishni tavsiya qilishadi. Bolaning qo`lini go`shtqiymalagichdan chiqarib olish maqsadida, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi shifokorlar bilan hamkorlikda temir go`shtqiymalagich bolgarka yordamida kesib, A.Ibragimovni o`ng qo`lini chiqarib olishda amaliy yordam ko`rsatishdi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |