00:54 Rossiyalik erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi | |
Rossiyaning Tomsk viloyatida bir erkak xotini va uch qizini yoqib yubordi. Bu haqda hudud bo‘yicha tergov qo‘mitasi saytida aytiladi. 26-noyabr kuni kechki payt Shegarskiy tumanidagi Markelovo qishlog‘ida istiqomat qiluvchi er-xotin o‘rtasida janjal chiqqan, shunda erkak ayolning ustidan oson alangalanuvchi suyuqlikni quyib yuborgan. Boshlangan yong‘in tufayli 28 yoshli ayol halok bo‘lgan, shuningdek, 1, 5 va 6 yoshli uch qiz ham yong‘in natijasida nobud bo‘lgan. Gumonlanuvchi va uydagi mast mehmon kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga tushdi, ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |