00:54 Ro`zadorligi esidan chiqsa... | |
Savol: Ba`zan ro`zaligim esdan chiqib biror narsa eb yoki ichib qo`ysam, ro`zam ochiladimi? Javob: Ro`zaning buzilishi bilan bog`liq quyidagi uch xil holat kuzatiladi: esdan chiqarish, xato oqibatida yoxud qasddan. Ro`za tutganligi yodida bo`lmay, eb-ichib qo`ygan yoki uni buzadigan amalga qo`l urgan kishining ro`zasi buzilmaydi. Ro`zadorligi esiga tushgandan so`ng ro`zani buzuvchi narsani (masalan, eb-ichishni) davom ettirmasa bo`ldi. Agar davom ettirsa, ro`zasi buziladi va qazo lozim bo`ladi. Ro`zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganda og`iz chayishda suv tomog`iga ketib qolsa yoxud quyosh botmagan holda botdi, degan o`yda ro`zani ochib qo`ysa, ro`zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog`i kerak. “Dinda savolim bor” kitobidan olindi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |