16:02 Rayhonning shifobaxsh xususiyatlari | |
• Maydalangan rayhonga oq kunjut moyidan aralashtirib surtsangiz, terida yuzaga kelgan muammolar va kuyishda yaxshi samara beradi. • Rayhon gullari va sedana donalaridan tayyorlangan damlamani tana harorati ko`tarilganida iste`mol qiling. Bunday damlamadan shamollashning oldini oluvchi vosita sifatida ham foydalanish mumkin. • Sutga maydalab solingan rayhon barglari tug`ruqdan keyingi holsizlikni engishga ko`maklashadi. • So`gal chiqqan joyga maydalangan rayhon barglarini qo`ysangiz, tezda shifo topasiz. • Bosh og`rig`ini qoldirish uchun rayhondan tayyorlangan bo`tqani chakka va ensa sohasiga qo`yish tavsiya etiladi. • Angina xastaligida 4 choy qoshiq maydalangan rayhonni 250 ml. suvda qaynatib, sovigach kuniga 2-3 mahal tomoqni chayish tavsiya etiladi. • Tarkibidagi evginol moddasi tufayli bu ko`kat yallig`lanishga qarshi vosita sifatida mashhur. Ehtiyot yuzasidan • Yurak hastaligidan aziyat chekuvchilar, homiladorlar, qandli diabet va qon aylanish tizimida muammosi bor bemorlar rayhon iste`mol qilmaganlari ma`qul. | |
|
Всего комментариев: 0 | |