15:50
Rashk qilasizmi? o'zingizni sinab ko'ring (Psixologik test)
Savollarga faqat «xa» yoki «yo`q» deb javob bering.

1. Agar turmush o`rtog`ingiz sizning yoningizda begona ayolga nazar tashlasa, ko`chada bo`lsangiz ham janjal uyushtirasizmi?

2. Agar sevgilingiz siz bilan uchrashuvga kech qolayotgan bo`lsa, siz uni boshqa ayol bilan birga deb o`ylaysizmi?

3. Ishxonasidagi ayollar haqida so`rab turasizmi?

4. Bo`sh vaqtingizni turmush o`rtog`im bilan o`tkazishim kerak deb o`ylaysizmi?

5. Siz uning shaxsiy narsalarini tekshirib (titkilab) turasizmi?

6. Tuyg`ulari haqida gapiradimi?

7. U sizning qiziqishlaringizga befarq bo`lmasligi kerak, deb o`ylaysizmi?

8. Qaerga ketayotgani, kim bilan uchrashayotgani to`g`risida so`roqlab turasizmi?

9. Xafalashib qolganingizda, bir necha kunlab gaplashmay yurishingiz mumkinmi?

10. Uning o`tmishi haqida ko`p o`ylaysizmi?

11. U sizga ishongani uchun sizni rashk qilmasligini aytdi. «Meni sevmay qo`yibdi» deb o`ylab qolasizmi?

Javoblar orasida «ha» ni hisoblab chiqing.

10 va undan ortiq «ha» javobini bergan «rashkchi» xonimlardiqqatiga: sizning rashkingiz kasallik darajasiga etgan. Sevgan insoningizni faqat sizgagina tegishli bo`lishi kerak deb o`ylaysiz. O`zingizni ko`rimsiz, hunukman, mendan chiroyli bir xurliqo erimni tortib oladi degan hadikda yashaysiz. Turmush o`rtog`ingizga umuman ishonmaysiz. Bunchalik rashkchi bo`lish yaxshilikka olib kelmaydi. Begingizga ishoning, axir shuncha xurliqolar ichidan u sizni tanladi.

5-9 «Ha» javobi uchun: sizga rashk tuyg`usi yot, desa ham bo`ladi. Ammo hammasini yig`ib yuribsiz va vaqti bilan portlab turasiz. Lekin tinchlanib olganingizdan so`ng, rashk qilishga hech qanday asos bo`lmaganini o`ylab, afsuslanasiz. Rashkingizni keltirgan narsalar haqida turmush o`rtog`ingiz bilan xotirjam gaplashib oling.
Категория: Qiziqarli psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar | Просмотров: 1398 | Добавил: Admin | Теги: Rashk qilasizmi? o'zingizni sinab k | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar