16:03 Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi | |
Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining matbuot xizmati. Qaror bilan 2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga muvofiq: - mutasaddi tashkilotlarga jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an`ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o`tkazish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirish; - muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o`zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berish topshirildi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |