22:05
Qozog‘istonda 16 yoshli qiz beshinchi qavatdan yiqilib halok bo‘ldi
Qiz sevgi tufayli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Qozog‘istonning Kokshetau shahrida 16 yoshli kollej talabasi beshinchi qavat balkonidan tushib ketdi. Talaba qiz shifoxonada jon berdi, deya “Newskaz.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga qarganda, voqea 13 iyulda yuz bergan.

“Shifoxonaga 2000 yilda tug‘ilgan talaba qiz olib kelindi. Uning bosh qismi juda og‘ir jarohatlangan edi. Qiz hushiga kelmay, 23 iyul kuni vafot etdi”, deydi Akmolinsk viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi Chanxi Utebaeva.

Politsiya voqea yuzasidan jinoiy ish ochdi va tergov ishlarini olib bormoqda. Taxminlarga ko‘ra, qiz sevgi tufayli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Ruslan Sulaymonov
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 779 | Добавил: Admin | Теги: Qozog‘istonda 16 yoshli qiz beshinc | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar