23:04
Qozog`istonda ayol o`z erini notanish qiz bilan birga o`lik holatda topib oldi
Kokshetauda yashovchi ayol o`z uyi garajidagi avtomobilda eri va notanish qiz jasadiga duch keldi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

"Kokshetau IIB tezkor boshqaruv markazi maxsus liniyasiga 3 aprel kuni 21.13da qo`ng`iroq bo`ldi: ayol o`z uyida, temir garaj ichida 1984 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`i va notanish qiz jasadini aniqlagani haqida xabar qilgan", — deb yozadi nashr.

Hodisa joyiga etib kelgan tergov-tezkor guruhi 1992 yilda tug`ilgan qiz shaxsini aniqlashtirgan.

Tashqi tomondan qiynoq belgilari bo`lmagan jasadlar morgga jo`natilgan, ekspertiza tayinlangan.

Polisiya xabariga ko`ra, o`limning dastlabki sababi — ugar gazdan zaharlanish ekanligi aytilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1446 | Добавил: Админ | Теги: Qozogistonda ayol oz erini notanish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar