00:45
Qozog'istonda maxsus operasiya davomida 137 nafar O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi
31 yanvar kuni Shimkentda o`tkazilgan maxsus operasiya davomida 73 nafar XXR va 137 nafar O`zbekiston fuqarolari qo`lga olingan, deb xabar qildi Sputnik.

Qayd etilishicha, Qozog`iston IIV migrasiya xizmati va kriminal polisiya Departamenti xodimlari tomonidan Olma-Ota shahrida XXR va O`zbekiston fuqarolari uchun noqonuniy migrasiyani tashkillashtirish bilan shug`ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo`yilgan.

«Aniqlanishicha, XXR fuqarolari Qozog`iston Respublikasiga tranzit aviareyslari orqali kirib kelishgan va shundan so`ng qonunni buzgan holda noqonuniy ravishda mamlakat hududida qolganlar. Ayni vaqtda ularni mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborish masalasi ko`rib chiqilmoqda», - deb xabar qilgan mamlakat IIV rahbari Olmos Sadubaev.

Noqonuniy migrasiya kanalini XXRning ikki fuqarosi va qozog`istonlik ayol tashkillashtirilgani aytilgan.

«Ular ushlangan, QR JK 394 moddasi 2 qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda noqonuniy migrasiyani tashkil etish) bilan sudgacha bo`lgan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Olma-Ota shahrida Qozog`istonda noqonuniy bo`lib turgan 9 nafar XXR fuqarosi va ularga hamrohlik qilib yurgan shasxlar – Qozog`iston fuqarolari qo`lga olindi. Chet elliklar sud qarori bilan mamlakatga kirishga ta`qiq sharti bilan Qozog`iston hududidan chiqarib yuborilgan», – deb qo`shimcha qilgan Sadubaev.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 568 | Добавил: Admin | Теги: Qozog'istonda maxsus operasiya davo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar