15:13
Qovoq yeng kasal bo'lmaysiz
-Qovoq tarkibidagi A vitamini ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi. Agar sizda ko`z nurining xiralashishi, uzoqni yaxshi ko`ra olmaslik kabi muammolar paydo bo`lsa, qovoqni kanda qilmang.
-Ortiqcha tana vazni bilan kurashayotganlar taomnomalariga qovoqdan tayyorlangan taom va eguliklarni kiritishlari darkor. Chunki ushbu poliz ekini hazm faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
-Antioksidantlar hisobiga zararli xolesterinni haydab, ichaklardan tiqinlarni tozalaydi. Demakki, teri ko`rinishi bilan muammo bo`lmaydi.
-Gipertoniya bilan og`rigan bemorlar uchun ham qovoq foydali sanaladi. Foydali xususiyatiga ko`ra arterial qon bosimini me`yorda ushlashda asqotadi.
-Buyrak yallig`lanishi, xususan pielonefrit aniqlanganida qovoq iste`mol qilish tavsiya etiladi. Tarkibidagi birikmalar yallig`lanish o`choqlariga ijobiy ta`sir ko`rsatib, og`riqlarni engillashtiradi.
-Temir va T vitaminiga mo`lligi bilan qovoq poliz ekinlari orasida chempion. Bolalardagi kamqonlik, kattalardagi qonning quyuqlashishida aynan qovoqdan tayyorlangan taomlar asqotadi.
-Keksalik alomatlariga chap berishni istaysizmi? Qovoq bilan do`stlashing.
Muntazam iste`mol qilinganida organizmdagi regenirasiya jarayoni yaxshilanib, suyaklar mustahkamlanadi. Uyqu tartibga keladi.
-Yuzingizga tez-tez husnbuzar toshayotgan bo`lsa, nonushta qovoqdan tayyorlangan bo`tqa iste`mol qilishga odatlaning. Qovoqdagi foydali moddalar terini mayinlashtiradi, yog` bezlari faoliyatini normallashtiradi.
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 807 | Добавил: Admin | Теги: Qovoq yeng kasal bo'lmaysiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar