14:17 Qo`shimcha mehnatga ish haqi to`lanishi kerakmi? | |
Ish soati haftasiga 40 soatdan oshmagan tashkilotlar bor, masalan 5 kunlik ishdan tashqari navbatchilik uchun ham qo`shimcha ish haqi to`lanishi kerakmi? Mehnat qonunchiligiga ko`ra: - belgilangan kundalik ish (smena) vaqtidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi; - ish vaqtidan tashqari ishlashga xodimning roziligi bo`lishi kerak; - agar xodim ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlari va bayram kunlari ishlasa kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi; - to`lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, tuzilmagan bo`lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi; - bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin; - xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng miqdorda otgul berilishi ham mumkin; - bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to`lanadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |