22:55
Qizlar bo`yanishda yo`l qo`yiladigan 5 ta xato
Ayol kishini sevgi va kosmetika go`zal qiladi. Lekin kosmetikadan hamma ham to`g`ri foydalanishni bilmaydi, deb yozadi “Uzbaby.uz” nashri.

Bo`yanishda ko`p xato qilib qo`yish mumkin, ularni 5 asosiy guruhga bo`lib ko`rib chiqishimiz mumkin:

1. Baza (tonal) kremi rangining yuz rangiga mos kelmasligi.

Baza kremini tanlayotganingizda yuz rangiga nisbatan juda och yoki juda to`q bo`lganini tanlamang. Krem shunday tanlanishi lozim-ki, bo`yin terisi yuz terisidan ajralib turmasin. Buning uchun do`konda kremni tanlayotganingizda qo`lingizga emas balki yuzingizning pastgi qismiga surtib ko`ring. Juda och ko`ringan rang sizni kasaldek ko`rsatib qo`yadi. Juda to`q rang yuzingiz niqobdek ko`rinadi.

Eng qulay va oson foydalaniladigan baza kremlari suyuq bo`ladi. Quyuq baza kremlarini surtganda teriga ko`p surilib ketib qo`pol ko`rinishi mumkin.

Baza kremini yuzga qo`l bilan surtish aslo mumkin emas. Suyuq shaklidagi baza kremini bir oz namlangan gubkada yuzga asta-asta surtish lozim. Baza kremini juda kam miqdorda yuz bo`ylab tarqatib bir xil qalinlikda surtish kerak.

2. Ko`z tenlarini o`rniga rumyanadan foydalanish.

Rumyanalrni ko`z qovoqlariga sursangiz, ko`zingiz qizargan bo`lib ko`rinadi. Shoshayotgan bo`lsangiz yoki oldingizda ten bo`lmasa rumyanalarning faqatgina sut rangini yoki biroz tilla rang qo`shilgan sut rangligidan foydalanishingiz mumkin.

Ko`z qovog`iga ten surayotganizda ko`zning ichki qismi doimo tashqi qismiga nisbatan ochroq bo`lishi kerakligi haqida unutmang.

3. Lab atrofini to`q rangda chizish.

Lab qalami pomadaga nisbatan to`q rangda bo`lmasligi lozim. Aks holda labingiz tabiiy ko`rinmaydi. Undan tashqari oldin qalamda kontur chiziladi, undan keyin esa pomada surtiladi.

4. «Chizilgan» qoshlar.

Qoshingizni bo`yayotganingizda nihoyatda ehtiyot bo`ling. Qoshlar terilgan va aniq shaklga ega bo`lishi lozim. Lekin qalamni ishlatayotganizda uni asta-asta qoshingizga tekkazib, shakl keltirish uchun faqat zarur bo`lgan joylarini bo`yab qo`yishingiz mumkin.

5. Labni haddan tashqari ko`p yaltirlatish.

Labni yaltiratuvchi bo`yoqni tanlayotganizda quyidagilarga ahamiyat bering:

siz bo`yoqni deyarli sezmasligingiz lozim;

bo`yoq dumaloq bo`lib yig`ilib qolmasligi lozim;

labda qum bordek sezilmasligi kerak.

Esingizda bo`lsin, hamma narsa evi bilan chiroyli. Lab bo`yog`ini ham, ayniqsa yaltiratuvchi bo`yoqlarni labga 1-2 marta yurgazsangiz yetarli bo`ladi.
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Просмотров: 860 | Добавил: Admin | Теги: Qizlar boyanishda yol qoyiladigan 5 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar