00:47
Qiziqarli o'lchovlar (O'qing bu juda kerakli)
Ko‘pchilikni: "Milliardan katta bo‘lgan sonlar qanday nomlanar ekan?", -degan savol qiziqtirishi tabiiydir. Sonlar cheksiz bo‘lishiga qaramay, ularning nomlari bor ekan.

Tarixga bir nazar tashlaylik. V asrda xind raqamlari paydo bo‘ldi, lekin ularning dunyoga keng tarqalishida bobomiz Al Xorazmiy xizmatlari beqiyosdir. XII asrda Al Xorazmiy asarlari lotin tiliga tarjima qilinganidan so‘ng, ularga Yevropa davlatlarida qiziqish uyg‘ondi. Asta-sekin ko‘pgina davlatlar xind raqamlaridan foydalana boshladilar. Xind raqamlari endilikda arab raqamlari deya nomlandi. Rossiyada xam XVII asrga qadar raqamlar o‘rniga xarflardan foydalanishgan. XVII asrning oxiriga kelib arab raqamlari keng tarqala boshladi. XIII asrda mashhur italiyalik sayyoh Marko Polo Xitoyga borib, bu mamlakat boyligini ifodalash maqsadida “million” so‘zini o‘ylab topgan. “Milliard” so‘zi esa 1871 yilda frank-pruss urushi natijasida paydo bo‘lgan. Frantsuzlar Germaniyaga 5 000 000 000 frank miqdorida tovon to‘lashga majbur bo‘lgan va bu sonning yangicha nomini o‘ylab topishgan.

Katta sonlarning nomlanishi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, lotin tilidagi tartib son nomi yoniga million qo‘shimchasi qo‘yib o‘qilish printsipiga asoslangandir.

Million – birning yonidagi nollar soni 6

Milliard - birning yonidagi nollar soni 9

Trillion - birning yonidagi nollar soni 12

Kvadrillion - birning yonidagi nollar soni 15

Kvintillion - birning yonidagi nollar soni 18

Sekstillion - birning yonidagi nollar soni 21

Septillion - birning yonidagi nollar soni 24

Oktillion - birning yonidagi nollar soni 27

Nonillion - birning yonidagi nollar soni 30

Detsillion - birning yonidagi nollar soni 33

Bundan keyingi raqamlarning nomlanishi turli davlatlarda farqlanadi.

Andetsillion - birning yonidagi nollar soni 36

Duodetsillion - birning yonidagi nollar soni 39

Tredetsillion - birning yonidagi nollar soni 42

Kvattordetsillion - birning yonidagi nollar soni 45

Kvindetsillion - birning yonidagi nollar soni 48

Seksdetsillion - birning yonidagi nollar soni 51

Septemdetsillion - birning yonidagi nollar soni 54

Oktodetsillion - birning yonidagi nollar soni 57

Novemdetsillion- birning yonidagi nollar soni 60

Vigintillion - birning yonidagi nollar soni 63

Anvigintillion - birning yonidagi nollar soni 66

Duovigintillion - birning yonidagi nollar soni 69

Trevigintillion - birning yonidagi nollar soni 72

Kvattorvigintillion - birning yonidagi nollar soni 75

Kvinvigintillion - birning yonidagi nollar soni 78

Seksvigintillion - birning yonidagi nollar soni 81

Septemvigintillion - birning yonidagi nollar soni 84

Oktovigintillion - birning yonidagi nollar soni 87

Novemvigintillion - birning yonidagi nollar soni 90

Trigintillion - birning yonidagi nollar soni 93

Antrigintillion - birning yonidagi nollar soni 96

Gugol ( bu nomni amerikalik matematik Edvard Kasnerning 9 yoshli jiyani o‘ylab topgan) - birning yonidagi nollar soni 100 (davomi bor)

Gugolpleks - birning yonidagi nollar soni 10100 (davomi bor)

Million qadam yursangiz, 600 km yo‘l bosgan bo‘lasiz.

Bir qator saf tortgan bir million kishi 250 km masofani egallaydi.

Angishvonada bir million marta olingan suv qariyb bir tonna bo‘ladi.

Million betli kitobning qalinligi 50 km ga yetadi.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 1204 | Добавил: Admin | Теги: Qiziqarli o'lchovlar (O'qing bu jud | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar