16:04
QIYMALI “QAYIQChA”LAR — TUShLIKBOP EGULIK
Zarur masalliqlar: 5-6 ta qizil bulg`or qalampiri, 200 gr mol go`shti qiymasi,100 gr marinadlangan jo`xori, 1 ta piyoz, 2 ta pomidor, yarim bog` kashnich, 100 gr pishloq, yarim stakan mayonez, 50 gr o`simlik yog`i,1 dona tuxum, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1). Bulg`or qalampirini ikkiga ajratib, o`zagidan tozalang. Go`sht qiymasini mayda to`g`ralgan piyoz bilan o`simlik yog`ida qovuring. 15 daqiqa olovda turgach, tagini o`chirishingiz mumkin. So`ng unga tuz va murch qo`shib, mazasini rostlang. Pomidorni mayda to`rtburchak shaklida to`g`rang. Kashnichni maydalab, pishloqni qirg`ichdan o`tkazing. Mayonezga atalangan tuxum qo`shib, aralashtiring.

2). Tozalangan bulg`or qalampirining ichiga 1 osh qoshiqdan qovurilgan qiyma, ustidan pomidor, marinadlangan jo`xori, ozroq kashnich soling. Ustidan mayonezli aralashmadan quying-da, qirg`ichdan chiqarilgan pishloq seping.

3). To`ldirilgan bulg`or qalampirini 180 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga 10 daqiqaga qo`ying. Pishgach, likopchalarga tering-da, atrofini bodring va ko`k piyoz bilan bezating.

Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Просмотров: 752 | Добавил: Admin | Теги: QIYMALI “QAYIQChA”LAR — TUShLIKBOP | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar