09:00 Qittay-qittay olaylik: Alkogol ichimliklari haqida 5 ta fakt | |
Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganlarning 85 foizi bu zararli odatdan xalos bo‘la olishmaydi. Ichkilik – erkak bilan ayolni birlashtiradigan, ammo er va xotinni ajrashtiradigan balodir. Konstantin Melixan Ichkilikbozlik, boshqacha qilib aytganda alkogolizmga chalingan insonning hayot tarzi sog‘lom turmush tarziga amalg qiladigan insonlarnikidan tubdan farq qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganlarning 85 foizi bu zararli odatdan xalos bo‘la olishmaydi. 7 foizi bir necha bor davolanib, yana ichishni boshlaydi, 8 foizigina davolanib, boshqalar kabi sog‘lom turmush tarziga rioya qilar ekan. Aytish kerakki, ichkilikbozlik tuzalishda iroda, kuch, sabr talab etadigan va insonni o‘zi bilmagan holda jarlik yoqasiga olib keladigan illatlardan biridir. E’tiboringizga ichkilik haqidagi 5 ta ma’lumotni taqdim etamiz. Ular juda qiziq, ammo ortidagi haqiqat juda achchiq. 1. Ichkilikbozlik kishining dastlab o‘zini hech bir spirtli ichimlikdan tiya olmasligi, har qanday vaziyat va sabab bilan ham ichaverishga intilish, odatlanish bilan boshlanadi. 2. “Odat” tusiga kira boshlagan holat asta-sekinlik bilan “me’yor”dan osha boshlaydi. Ichish uchun sabablar yanada oddiylashadi. Maosh berilgan kun, ko‘chada do‘sti bilan uchrashib qolgani, kichik narsalarga asabiylashgani, uydagi biror jihozning buzilib qolishi, qo‘shnining farzandli bo‘lgani kabi bahonalar paydo bo‘ladi. Agar ayni jarayonda inson o‘zida kuch topib, iroda bilan o‘zini to‘xtata olmasa, 2-3 yil ichida ichkilik ichish surunkali tus oladi va inson surunkali ichkilikbozlik kasalliliga chalinadi. 3. Surunkali ichkilikbozlikning I-darajasining dastlabki belgilari shundan iboratki, inson ichkilikni doimiy ravishda icha boshlaydi. Endilikda spirtli ichimlikka pivo kabi boshqa ichimliklar qo‘shib ichiladigan bo‘ladi. Buning oqibatida kishi yon-atrofidagilarga biroz oldin nima degani, o‘tirgan joyiga qanday qilib kelib qolgani, qaysi yo‘ldan kelgani kabilarni eslay olmay qoladi. Xotira susayadi. Ichkilik ichganda qayt qilish refleksi yo‘qoladi. 4. II-darajali surunkali ichkilikbozlikda spirtli ichimlik ichish vaqti qisqaradi. Ya’ni bemor ertalab, peshinda, kechqurun to‘xtovsiz spirtli ichimlik ichadi. Ishtaha yo‘qoladi, ovqat yeyish miqdori kamayadi. Bu holatda ba’zilar pivoga spirtli ichimlikni aralashtirib, kuniga bir necha marta ichishadi. II-darajali surunkali ichkilikbozlik 3-6 yilgacha to‘xtovsiz davom etsa, III-darajaga o‘tadi. 5. III-darajali surunkali ichkilikbozlikda insonning hayotiy faoliyati har tomonlama sustlashadi. Ruhiy karaxtlik, asabiylik, jismoniy toliqish, immunitetning pasayishi, turli kasalliklarning yuzaga chiqishi, ichki organlar foliyatidagi salbiy o‘zgarishlar, tafakkurning yomonlashishi, ensefalopatiya (miya ichida o‘zgarish sodir bo‘ladi va uning faoliyati buzilishi), degradatsiya (kishining shaxs sifatida o‘zgarishi) kabilar kuzatiladi. Umida Yakubova | |
|
Всего комментариев: 0 | |