16:40 Qaysi burj vakilasi qanday gulni yoqtiradi? | |
Psixologlarning ta’kidlashicha, ayollarning qaysi burj vakilalari ekaniga qarab, ularga qanday gul yoqishini bilish mumkin ekan. Marxamat, quyidagilarni o‘qib, ushbu fikr qanchalik to‘g‘ri ekanligini tekshirib ko‘ring. 1. Xamal va asad burji soxiblari shoxona, yirik guldastalarni, yangi uzilgan oq va qizil atirgullarni xush ko‘radilar. 2. Savr burji vakillari qizil, pushti atirgul, mayda marvaridgul va boychechaklarga o‘ch bo‘ladilar. 3. Javzo burjidagi ayollar qaysi guldan tayyorlanganidan qat’i nazar, o‘zgacha guldastalarni berishlarini istaydilar. 4. Saraton, dalv va xut burji soxibalariga esa oq rangli karnaygul, liliya xamda pilfiya kabi yirik gullar ma’qul keladi. 5. Sunbula burjida tavallud topganlar boychechak va binafshani yaxshi ko‘rish bilan birga, bandidan uzilmagan atirgullar ularga zavq bag‘ishlaydi. 6. Mezon burji vakillarini och va nafis pushti rangli atirgullardan tuzilgan guldastalar rom etadi. 7. Aqrab burjidagi ayollar chinnigul, to‘q rangdagi piyozgul, alvon atirgullarning chinakam shaydolaridir. Ayrimlari esa deyarli barcha gullarga mexr qo‘ygan. 8. Qavs burji vakilalari och rangni yoqtirganlari bois, ularning ko‘ngliga qizil va sariq lolalar bilan yo‘l topish mumkin. Aziz ayollar, qaysi burj soxibasi bo‘lmang, Siz eng chiroyli guldastaga munosibsiz! | |
|
Всего комментариев: 0 | |