01:12 Qashqadaryodagi AYoQShda "Gazel" avtomashinasi yonib ketdi | |
5 fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Xumo” MFY, Rayonobod qishlog`ida joylashgan “Shoim ota” MChJga qarashli AYoQSh hududida bo`lgan “Gazel” rusumli yuk avtomobili yonib zararlangan. Yong`inni bartaraf etishga 3 ta yong`in o`chirish ekipaji jalb etilgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in zudlikda bartaraf etilib, AYoQShning 70 kv.metr maydonda binosi va hududidagi yoqilg`i saqlanib kelinayotgan sig`imi yong`indan asrab qolingan. Voqea joyida kuyish tan jarohati olgan yuk avtomobili haydovchisi hamda uning yo`lovchisi shifoxonaga yuborilgan. Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, haydovchi hamda yo`lovchi gaz va havo aralashmasidan hosil bo`lgan chaqnashdan kuyish tan jarohati olaganliklari ma`lum bo`lgan. Davlat Yong`in xavfsizligi xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |