18:21
Qanday qilib oshxonada tez tartib o‘rnatish mumkin?
Quyidagi foydali maslahatlarimiz sizga oshxonadagi muammolardan qutulishga yordam beradi.

Shisha tova

Biror narsa pishirganingizdan keyin shisha tovani tez tozalashni xohlaysizmi? Oddiy zarqog‘oz (folga)dan foydalaning. Uni g‘ijimlang va gubka sifatida ishlating.

Yoqimsiz hidlar

Oshxonadan keladigan yoqimsiz hidlarga qarshi kurashmoqchimisiz? Limon yoki apelsin po‘chog‘ini yoqing — bu yoqimsiz hidlarni ketkazishning eng oson va amaliy usullaridan biri.

Oshxona plitasi

Plita ustiga folga tushang. Ovqat tayyorlab bo‘lganingizdan keyin kir bo‘lgan folgani olib tashlang.

Yangi idish ustidagi yorliqlar

Deyarli hamma yangi idishlarga yorliqlar yopishtirilgan bo‘ladi. Yorliqlarni olib tashlash uchun ularga oldindan xohlagan o‘simlik yog‘idan surib qo‘ying. Bir-ikki daqiqa qoldiring, keyin esa iliq suv bilan yuving. Yorliq hech qanday yopishqoq iz qoldirmasdan olinadi.

Yaltillagan rakovina

Rakovina yuzasini tuz va limon bilan ishqalasangiz — u rangini o‘zgartiradi, yaltirab ketadi.

Dasturxondagi vino va murabbo dog‘lari

Dog‘larni ketkazish uchun matoni tarang torting va dog‘ ustiga bir necha daqiqa davomida qaynayotgan suv quyib turing.

Kirlangan gubkalar va lattalar

Hammaga ma’lumki, idishlarni yuvadigan gubkalarning xizmat ko‘rsatish muddati uzoq emas. Ularni har hafta almashtirish lozim. Lekin shunday holatlar bo‘ladiki, yap-yangi gubka bilan birorta yopishqoq yoki yog‘li narsani artishga to‘g‘ri kelib qoladi… Tashlab yuborish kerakmi? Shoshilmang: gubka yoki lattalarni idish yuvadigan mashinada 40 daqiqa davomida yuving, ular yangidek bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Просмотров: 861 | Добавил: Admin | Теги: Qanday qilib oshxonada tez tartib o | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar