15:38
QANADAY MUSIQANI YOQTIRISHINGIZGA QARAB O’ZINGIZ HAQIDA O’QING. JUDA QIZIQ.
Rep va xip – xop

Snup Dog va Doktor Dre musiqalari sizga ko‘proq yoqsa, bu sizda agressiv xarakterga egalik degani emas. Chunki olimlarning aytishicha, bunday musiqa turini yoqtiruvchi insonlar ko‘proq ozodlikka moyillar va o‘ziga katta baho beruvchilardandirlar.



Pop

40yillardagi musiqalar ko‘nglingizga xush yoqsa, Siz ekstravertsiz. Rixanna, Selena Gomez va Florida ijro etadigan qo‘shiqlarni eshitishga moyil insonlar mehnatsevar, o‘ziga ishonganlardandir. Bundan tashqari bunday insonlar odatda san’atkor hamdirlar, ammo biroz uyatchan bo‘lishdari haqida olimlar ta’kidlashadi.



Sountry

Odatda kantri musiqa turini eshitishni yoqtiruvchi insonlar mehnatsevar ekanlar. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, bunday turdagi insonlar hissiyotlarga to‘la bo‘lib, odatda xayollarida ko‘pincha tog‘lar, bepoyon dalalar namoyon bo‘ladi.



Rock/ Neavy Metal

Rok va xevi metalni yoqtiruvchilar aslida biz o‘ylaganchalik agressiv xarakterga ega emaslar. Ular ijodkor insonlar bo‘lib, yolg‘izlikni xush ko‘ruvchilardan ekanlar. Bilasizmi, ular o‘ziga biroz past darajada baho beruchilardan, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘p odam bor joyni uncha xush ko‘rmaydilar.



Klassika

Klassik musiqa ko‘ngliga xush bo‘lganlar, kiborli va hamma bilan ham til topa olmaydigan insonlar. Ammo o‘z haq – huquqini yaxshi biluvchi va o‘z o‘rinini boshqalarga ko‘rsata oluvchilardirlar.





Djaz, blyuz va Soul

Bunday musiqa turlaridan birini yoqtiruvchilar odatda xohlagan davrani qizdira oladilar. Bashang kiyinishni yoqtiradilar va hayotdagi asosiy maqsadlari o‘zgalardan ajralib turishdir.



Zarnigor Xayatova
Категория: Qiziqarli psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar | Просмотров: 1983 | Добавил: Admin | Теги: QANADAY MUSIQANI YOQTIRISHINGIZGA Q | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar