02:11
POYTAXT PROPISKASIGA O`TIShIM UChUN QAYSI UYLARDAN SOTIB OLISh KERAK?
— Eshitishimizcha, yaqinda Toshkent shahriga boshqa viloyatliklar uchun propiskaga qo`yish imkoni berilibdi. Ayting-chi, aynan qaysi uylardan sotib olsak, poytaxt propiskasiga o`tishimiz mumkin bo`ladi?

Muzaffar Yusupov, Urganch shahri

Valisher ERGAShEV, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi:

— Yaqinda e`lon qilingan qarorga asosan boshqa viloyatda ro`yxatda turuvchi fuqarolarni Toshkent shahriga propiskaga qo`yish yangi qurilgan uylarni sotib olish evaziga amalga oshiriladi. Bunda yangi qurilgan uy deganda qurilganidan so`ng yashash uchun topshirilganiga uch yildan oshmagan yangi uy-joylar tushuniladi. Shuningdek, bunday fuqarolar uchun ushbu uylarning ham sotib olish narxlari belgilab berilgan.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 788 | Добавил: Admin | Теги: POYTAXT PROPISKASIGA OTIShIM UChUN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar