00:30 Pishgan meva va sabzavotlarni tanlash yo‘llari | |
Agar siz faqat pishgan meva va sabzavotlar tanlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ularni tanlashda yordam beruvchi quyidagi maslahatlar bilan tanishing. Baqlajon Yangi baqlajonning po‘chog‘i – qalin, tekis va yaltiroq bo‘ladi. Buni quyidagicha tekshirib ko‘rish mumkin: barmog‘ingiz bilan baqlajon ustiga bosing, agar po‘chog‘i biroz ezilsa va yana o‘z holiga qaytsa, demak u pishgan bo‘ladi. Muskat oshqovog‘i Tanlashda qovoqning og‘irligiga, qattiq va quruq bandiga, po‘chog‘ining chiroyli rangiga e’tibor bering. Pomidor Pishgan pomidorlar to‘q rangli bo‘ladi, po‘sti esa bosilganda deyarli ezilmaydi. Hidiga ham e’tibor bering, u shirin va yog‘och hidli bo‘lishi kerak. Bodring Bodringning rangi va tuzilishi muhim. Qalin, to‘q-yashil va tekis bodringlar – pishgan bodringlar deb hisoblanadi. Tarvuz Tarvuz tanlashda yonboshidagi tuproq dog‘iga e’tibor berish kerak, u qanchalik kattaroq va sariqroq bo‘lsa, shunchalik mazali va shirin bo‘ladi. Qovun Qovunning og‘irligi va shirin hidi uning pishganligidan darak beradi. Bandi quruq va yo‘g‘on bo‘lishi kerak. Qarama-qarshi tomondagi po‘chog‘i esa biroz yumshoq va egiluvchan bo‘lishi kerak. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |