22:11 Pelle Xitoyda 2,5 yil ichida 40 mln yevro ishlab topadi | |
Italiyalik hujumchi Gratsiano Pelle Angliyaning “Sautgempton” jamoasi tarkibidan Xitoyning “Shandun Lunen” klubiga o‘tadi. Bu haqda, italiyalik taniqli jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lumotiga asoslanib, “Chempionat” xabar bermoqda. 30 yoshli futbolchi 2016-yilgi Yevropa chempionatida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol muallifiga aylandi, shu bois matbuot uning nomini bir qator yetakchi klublarga bog‘lay boshladi. Shunga qaramay, Pelle “Shandun Lunen”ning taklifiga yo‘q deya olmadi — Xitoyda 2,5 yil to‘p sursa, futbolchi 40 million yevro ishlab topadi. Angliya Premyer-ligasining oxirgi mavsumida hujumchi 30 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |