00:45
Parkentda yuz bergan yong'in oqibatida bir kishi halok bo'ldi
2019 yil 1 fevral kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Oltintepa ko`chasida yashovchi E.K.ga tegishli Toshkent viloyatining Parkent tumani Navbahor qo`rg`onida joylashgan dala-hovlisida yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in o`chirish vaqtida shu erda vaqtincha yashagan S.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. O`rganishlar davomida yong`in S.D. mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 585 | Добавил: Admin | Теги: Parkentda yuz bergan yong'in oqibat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar