13:56 Parij machiti yoniga o`rnatilgan to`siq odamlarni terrorchi hujumidan asradi | |
Kecha Parij yaqinida joylashgan Kretey shahridagi machitga kelgan odamlarga avtomashinada hujum qilmoqchi bo`lgan terrorchining niyati amalga oshmadi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Avtomashina haydovchisi machitdan chiqayotgan odamlarni avtomashina bilan bosishga harakat qildi. Ammo machit atrofiga o`rnatilgan to`siq tufayli u maqsadiga etolmadi. Avtomashina haydovchisi pachoqlangan avtomobilini tashlab, voqea joyidan yashirindi. Oradan ko`p o`tmay, avtomashina haydovchisi uyida qo`lga olindi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Qo`lga olingan haydovchining ismi-sharifi oshkor etilmadi. U o`zining bu xatti-harakatini “Elisey maydonida ro`y bergan terakt uchun qasos”, deb atadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |