01:18 Pardoz yoshga yosh qo`shmasin desangiz 5 qoidaga amal qiling | |
Bo`y qizlar yanada go`zal bo`lish uchun pardoz qilsa, 35-40 yoshdagi ayollarning upa-elik surtishdan maqsadi yoshroq ko`rinishdir. Lekin bunda natija aksincha bo`lmasligi uchun pardoz qoidalariga amal qilish lozimligini unutmaslik kerak. 1. Kremni to`g`ri tanlang! 35 yoshdan oshgach, husnbuzarlarni berkitmaysiz, ammo ajinlarni ko`zdan panalatish kerak bo`ladi. Shuning uchun quyuqroq VV va SS-kremlarga e`tibor bering. Ular ajinlarni berkitish bilan birga, terini namlantirib, oziqlantiradi. 2. Upadan voz keching! Yosh o`tgach, teri yog`lanishi kamayadi. Agar teringiz yog`li bo`lmasa, upadan voz kechganingiz ma`qul. 3. Qancha kam bo`lsa, shuncha yaxshi Yuzingizda kosmetik vositalar qancha kam bo`lsa, shuncha yoshroq ko`rinasiz. Masalan, lab bo`yog`idan foydalansangiz, ko`zlarni kamroq bo`yang. Yoki aksincha. 4. Qoshlar Qoshlar alohida e`tiborni talab qiladi. Ammo bu «tatuaj» yoki «rastushovka» qiling, degani emas. Shunchaki asl qosh rangiga mos qalam bilan ozroq rang berish lozim. 5. Pomada rangida adashmang Lablarni to`q qizil, siyohrang, jigarrang va boshqa bo`g`iq yoki yorqin rang bilan bo`yamang. Pomada lablarning tabiiy rangidan 1-2 tusga to`qroq bo`lgani ma`qul. Unutmang, yuzingizdagi qalin pardoz emas, undan foydalanish mahoratingiz sizni yoshartiradi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |