21:51 Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan ilk talabi haqida gapirdi | |
Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press-klubning “O`zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv” deb nomlangan navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Sessiyaning birinchi qismida Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quronboev, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov, Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Sobitxon Turg`unov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdi. Ozodbek Nazarbekov o`z nutqida bugungi yoshlar haqida gapirar ekan, quyidagilarni aytib o`tdi: “Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar behisob. Avvallari biz ustozlarning xizmatini qilib, ko`rsatma, yo`l-yo`riq olardik. Hozirgi yoshlarlarning esa orqasidan yugurib ham aytganimizni qildirolmaymiz. Masalan, men oldimga shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan birinchi talabim 2 oy ichida 4 ta adabiyot o`qib chiqish. Lekin, ko`pchilik yoshlar bu talabimni bajara olmaydi. Kim adabiyot o`qimasa, u san`atni ham tushuna olmaydi”. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |