21:29 Oyoq kiyim hidini ketkazish uchun 7 usul | |
Oyoq kiyim hidini ketkazish uchun uni keltirib chiqazgan sabablarga ham e’tibor berish kerak. Ba’zan oyoq kiyim hidlanishiga sabab oyoq kiyimning o’ziga terni shimib olib o’zida saqlab turuvchi uchi bo’ladi. Ammo hid ketkazishning bir necha hil usuli bor. 1. Oziq-ovqat sodasi. Uning xususiyatlari va turmush tarzimizdagi o’rni haqida gapirilgan ammo undan tashqari u absorbent ham hisoblanadi. U hid va namlikni o’ziga shimib oladi. Poyabzalning har biriga bir osh qoshiq sodadan soling, kechqurunga qo’yib qo’ying. 2. Talk Talkning ta’siri sodaniki kabi. U o’ziga namlikni shimib olib shu yo’l bilan hidni ketkazadi. Talkni soda kabi oyoq kiyim ichiga yoki o’zingizning oyog’ingiz tagiga seping, bu kuchli ter ajralishini oldini oladi. 3. Bakteriyalardan halos bo’ling Agar uyingizda shalfey yoki lavanda gullari bo’lsa poyabzalingizning har biriga ulardan solib havoga qo’yib qo’ying. Shundan so’ng siz unda kun davomida yurishingiz mumkin. 4. Apelsin, limon, greypfrut Shu mevalarining po’stini oyoq kiyimingiz ichiga solib qo’ying. 5. Choy daraxtining efir moylari Uni dorixonalardan sotib olish mumkin. U nafaqat sizning oyoq kiyimingizga balki dezenfiksiyalovchi vosita sifatida qo’llaringizga ham yordam berishi mumkin. Oyoq kiyimingizning ichiga haftada bir martta bir-ikki tomchi quying bu bakteriyalarni ham ketkazadi. 6.Yoqimsiz hidning sababini aniqlashga harakat qiling Yoqimsiz hid ko’pincha oyoq terlashi tufayli yuzaga keladi. Bir hil paytda oyoq kiyimning bitta tarafiga nisbatan ikkinchi tarafi ko’proq hid tarqayotganini sezasiz. Demak gap oyoq kiyim stelkasida. Oyoq kiyimning bir tarafi terni o’zida ko’proq ushlab qolishi mumkin. Shuning uchun stelkalarni almshtirib turing. Agar ularni almashtirishning iloji bo’lmasa o’zingizning maxsus stelkangizni qo’ying. Bu nafaqat estetikaga balki sog’liqqa tegishli bo’lgan jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Gigiyenaga rioya qiling. 7. Gigiyenaga qay tarzda rioya qilish kerak? Birinchidan, yopiq oyoq kiyimda kun bo’yi yurmang. Bu oyoqlarimiz uchun zararli va yoqimsiz hid paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Uyga kelib oyoq kiyimlaringizni ular havo olishi yechib qo’ying. Oyoq kiyimni ham tozalab turish kerak. Qo’lingizda chotka bo’lganda oyoq kiyimning ichki qismi haqida ham unutmang, shuningdek kiyimni tozalaydigan moddada namlangan matoni (suyuq poroshok va xokazo) ishlitishingiz mumkin. Namlik va dog’larni ketkazing. Oyog’ingiz ko’p terlasa talk haqidagi qatorlarni ham o’qing. | |
|
Всего комментариев: 0 | |