22:28 Oylik maosh qachon berilishi kerak? | |
Biz ishlaydigan tashkilotda oylik maoshlarimizning asosiy qismi plastik kartochka orqali to`lanadi. Ma`lum qismi esa naqd shaklda. Ammo ana shu naqd shakldagisini har oy bir xil vaqtda berilmaydi. Ayting-chi, banklar tomonidan pensiya, nafaqa, oylik va boshqa to`lovlar qaysi muddatlarda to`lanishi kerak? Latif Qurbonov, Toshkent viloyati M.Eshmatov, Markaziy bank raisi o`rinbosari: — Banklar tomonidan aholi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga naqd pullarni berish “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to`g`risida”gi yo`riqnomaga asosan birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarga, pensiya, nafaqa, stipendiya, xizmat safari xarajatlari, shuningdek aholi omonatlarini to`lash uchun amalga oshiriladi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga pul berish muddatlari jamoa shartnomalari va boshqa lokal me`yoriy hujjatlarga asosan ular bilan kelishilgan holda belgilanadi. Manba: Darakchi.Uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |