16:14 Oylik ish haqining bir kuni shanbaliklarga ushlanib qolinishi to`g`rimi? | |
Mehnat haqidan ushlab qolish xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo`lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi. Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat`i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi: belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni undirish uchun; sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to`langan summani qaytarib olish uchun; hisobidan xodim ta`til olib bo`lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, — ta`tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun; xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning miqdori xodimning o`rtacha oylik ish haqidan ortiq bo`lmasa; intizomiy jazo sifatida qo`llanilgan jarimani undirish uchun. Yuqoridagi holatda oylik ish haqidan ushlab qolinishi uchun yozma rozilik talab etiladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |