09:07 Oyda 2019-yilda mobil aloqa ishga tushiriladi | |
Oy mobil aloqa bilan qoplangan birinchi zonaga 2019-yilda ega bo‘ladi. Bu Yerga yuqori aniqlikdagi axborotni uzatish imkonini beradi, deb yozadi Reuters. Mobil aloqa xususiy manbalar tomonidan moliyalashtiriluvchi Oy missiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihaning bir qismidir. Loyihani Vodafone Germany amalga oshiradi, Nokia kompaniyasi unga sheriklik qiladi. U Yerning yo‘ldoshida mobil aloqani ta’minlab turuvchi kichik texnologik qurilmalarni ishlab chiqadi. “Ushbu loyiha mobil tarmoq infratuzilmasini rivojlantirishga keskin innovatsion yondashuvlarni ko‘zda tutadi”, — dedi Vodafone Germany ijrochi direktori. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |