16:24
Orzular dushmani hisoblangan fikrlar
Inson yashar ekan, ulkan muvaffaqiyatlar tomon intiladi. Nima uchundir ba’zilar orzusiga yetadi, ba’zilar esa yo‘q. Gap biz o‘ylaganchalik faqat omadda emas.

Eng buyuk orzularimiz haqiqatga aylanishi uchun nima qilish kerak? Aslida u qadar ko‘p narsa talab etilmaydi, to‘g‘ri fikr yuritsak bo‘lgani. Chunki aynan bizning boshimizda o‘ylagan narsamizning hayotga omadli yoki muvaffaqiyatsizlik bilan amalga oshishi sodir bo‘ladi.

Fikrlaringizni o‘zgartirmaguncha, hech nimani o‘zgartirolmaysiz.

Yaxshi narsa haqida orzu qilayotgan bo‘lsangiz, birinchi navbatda, ko‘pchiligimiz ko‘nikib qolgan salbiy fikrlarga chek qo‘yib, ijobiy fikrlashni o‘rganishimiz lozim. Balki muvaffaqiyatsizlik, atrofdagilarning tushunmasligi va tanqididan qo‘rqarmiz? Aslida esa biz uchun muhim bo‘lmagan narsalarga vaqt sarflayotganimizdan qo‘rqishimiz kerak. Fahrlanish mumkin bo‘lgan hayotni yashab o‘tishni istasangiz, orzularingiz haqida gapirishni bas qiling, aynan bugungi kundan boshlab ularni amalga oshiring. Mazkur maqolada aynan shu tarzda o‘ylashga chek qo‘yishimiz kerak bo‘lgan kerakli fikrlar keltirilgan.

Vaqtim yo‘q. Aslida bu gap “bu men uchun unchalik muhim emas”ni aytishning muloyim usuli hisoblanadi.

Yetarli darajada iste’dodli emasman. Doimiy ravishda iste’dod haqida o‘ylash o‘rniga, o‘z ustida ishlash va amaliyotning ahamiyatini ham yodda saqlash lozim. Axir aytishadiku, muvaffaqiyatga erishish uchun 1 foiz iste’dod va 99 foiz mehnat talab etiladi deb. Aynan shu omil omad kaliti sanaladi. Qat’iyat va o‘rganishga sabri bor, xatolar qilib, ulardan xulosalar chiqarib, rivojlanishga qodir bo‘lgan insonlargina o‘zlari orzu qilgan muvaffaqiyatga erishadilar.

Bu muammo men uchun juda murakkab. Aslida muammo uning mavjudligida emas, u haqida juda ko‘p o‘ylashimizdadir. Uni shunchaki “tashlab qo‘ying” va olg‘a intiling.

Hali tayyor emasman. Nimanidir bajarish imkoniyati paydo bo‘lganda hech kim o‘zini tayyor, deb hisoblamaydi. Bu aniq, chunki katta imkoniyatlar bizni ma’naviy va aqliy jihatdan rivojlanishga boshlaydi. Bundan tashqari, ularni amalga oshirish uchun biz uchun qulay bo‘lgan zonani tark etishimiz kerak, demak taqdir bizga ato etgan narsalarga hali tayyor emasligimizni birdan his etamiz. Agar mazkur imkoniyatdan o‘sha zahotiyoq foydalanmasak, u boshqa umuman takrorlanmasligi mumkin. Ishonchsizlik va qo‘rquvga qaramasdan, shunchaki uni amalga oshirishimiz lozim. Bu juda oddiy.

Men barchasini yaxshiroq bajarishim mumkin edi. Hayot bu doimiy kurashdir, istagan narsangizga erishmagan bo‘lsangiz, demak siz o‘sha paytda boshqa narsaga ko‘proq ehtiyoj sezgansiz. Afsuslanish va o‘zini “eb bitirish” hech qanday foyda keltirmaydi.

Omadsizman. Haqiqiy omadsizlik bu biror narsani amalga oshirish uchun harakat qilib ko‘rmaslikdir. Qolgan hammasi amaliyotga bog‘liq. Agar adashib ketgan bo‘lsangiz, biroz muddat
tin olib, o‘zimizga o‘ylash uchun vaqt berish normal holat hisoblanadi. Ba’zi narsalar amalga oshishi uchun vaqt talab etiladi va har bir qadam bilan orzuimizga tobora yaqinlashamiz.

Hammasi oddiy bo‘lishini istayman. Kurash va mashaqqatlar nimanidir o‘zgartirishning tabiiy usulidir. Yangisi qurish uchun, eskini buzishga to‘g‘ri keladiku (Prezidentning gapiga qarshi. U aytgandi: Yangisini qurmay turib, eskisini buzma!), axir. Shuning uchun paydo bo‘lgan qo‘rquv muvaffaqiyatsizlikdan darak bermaydi. Siz katta muvaffaqiyat yo‘lidasiz.

O’zgalarda menikiga qaraganda osonlik bilan amalga oshadi. Muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, o‘zingizni o‘zgalar bilan solishtirishni bas qiling. Tashqaridan insonning harakatlari natijasini kuzata olamiz, biroq buning uchun u mashaqqat yo‘lini bosib o‘tganini hech qachon bilolmaymiz.

Xursand bo‘ladigan narsaning o‘zi yo‘q. Hayotingizda shukronalik keltirishingiz kerak bo‘lgan narsalar mavjud emas, deb hisoblaysizmi? Bu salbiy fikrlarni tashlab yuboring va bugun erisha olmagan, chetlab o‘tgan narsalaringiz uchun minnatdorchilik bildiring. Stakaningiz yarim bo‘sh yoki yarim to‘laligiga qaramay, stakanning o‘zi mavjudligi uchun rahmat ayting.

Kamchiliklarim juda ko‘p. Noto‘g‘ri fikr. O’zingizni o‘z holingizcha his etish qulay deb hisoblasangiz, kamchiliklaringiz ham chiroyli ko‘rinadi. Kamchiliklaringiz mavjudligini tan olsangiz, hech kim ulardan sizga qarshi foydalana olmaydi.

Meni kerakli bo‘lgan darajada qo‘llab-quvvatlashmaydi. Atrofimizda tanqidchilar yetarlicha. Chunki muvaffaqiyatsizlikdan keyingi qo‘llab-quvvatlash, omaddan keyingi maqtovga qaraganda qadrlidir. Boshqalar haqida qayg‘urishni boshlasangiz, o‘zgalar buni his etibgina qolmay, sizga ham ana shunday munosabatda bo‘ladilar.

Menda yana nimanidir bajarish uchun vaqt mavjud emas. Yakka holda ko‘p narsaga erisha olmaysiz. Buning o‘rniga
atrofdagi insonlar bilan bugundan boshlab munosabat va ijobiy aloqalar o‘rnating. “Rahmat”, “Seni yaxshi ko‘raman”, “Uzr so‘rayman”, “Sen bilan faxrlanaman” va boshqa insonlarga nisbatan o‘ylayotgan hislaringizni aytishni o‘rganing. Bu nafaqat eshituvchi uchun yoqimli, balki mazkur aloqalar sizni ham mustahkamlaydi.

Yaqinlarim kutib turishadi. Agar yoningizdagi inson bilan vaqtni go‘zal o‘tkazish uchun fursat topa olmasangiz, kelajakda eng kerakli narsani ortga surib, hech narsasiz qolganingizni anglaysiz. Yaqin munosabatlar tezlik bilan qurilmaydi, ularni har kuni misqollab yaratish talab etiladi.

Bergan va’damni faqat bir marta buzaman. Agar uzoq muddatli omad va o‘zgalarning yaxshi munosabatidan umid
qilayotgan bo‘lsangiz, u holda “bir marotaba” mavjud emas. Majburiyatlar va bergan va’dalarimiz juda muhim, bu yerda hech qanday kelishuvlar bo‘lishi mumkin emas.

Kichik yolg‘on zarar yetkazmaydi. Bir qarashda shunday ko‘rinadi. Aslida esa yolg‘on bu tezda avj olib ketadigan kasallikdir. O’zingiz uchun va boshqalarning ko‘z oldida yolg‘onchiga aylanib qolishni istamasangiz, aldashni bas qiling. Buni sizdan boshqa hech kim bilmagan taqdirda ham, yolg‘on gapirmang.

Ular men haqimda qayg‘uradilar, biroq menga bergan va’dalarini bajarish uchun vaqt topolmaydilar. Tan olish juda qiyin bo‘lishiga qaramay, aytish joizki, atrofingizda sizga kerakli bo‘lmagan insonlar bor. Bir narsani yodda tuting: agar siz o‘sha inson uchun muhim bo‘lsangiz, u o‘z va’dasini bahonalarsiz amalga oshirish uchun imkon topadi.

Hech qachon yig‘lamayman. Aslida ko‘z yoshlardan uyalish kerak emas. Chunki his-tuyg‘ularsiz robotlarga aylanib qolamiz. Ko‘z yosh yordamida bizni bezovta qilgan narsani chiqarib yuborish mumkin. U ma’naviyatimizni rivojlantiradi, insoniylikning asosiy printsiplarini o‘zida jamlagan.

Men kechirishni inkor qilaman. Olg‘a intilish uchun, o‘tmishni qo‘yib yuborib, barcha xafagarchiliklarni kechirishni o‘rganish lozim. Aks holda eski omadsizliklar sizni doim kuzatib yuradi, yoqimsiz holatlar esa yana va yana takrorlanaveradi.

Yuragim juda ko‘p bora singan. Tavakkalchilik qila olmayman. Ba’zida biz shu paytgacha qoniqib kelgan narsalarimizga qaraganda ko‘prog‘iga loyiqmiz, deb o‘ylab qolamiz. Biroq afsuslanish o‘rniga o‘tmish qanchalik qo‘rqinchli va murakkab bo‘lmasin, uni qo‘yib yuborish uchun o‘zimizda kuch topa olishimiz kerak. Faqat shundagina kelajakda hayotimizni o‘zgartirishimiz mumkin.

Albatta bular orzu va maqsadlarimizga g‘ov bo‘ladigan ba’zi fikrlargina xolos. Aytingchi, shaxsan o‘zingiz qaysi salbiy fikr va shablonlarga qarshi kurashishingizga to‘g‘ri keladi?
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 908 | Добавил: Admin | Теги: Orzular dushmani hisoblangan fikrla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar