12:19
Oltin-valyuta zaxiralarining yangi qiymatlari e`lon qilindi
O`zbekiston Markaziy banki mamlakat oltin-valyuta zaxiralari to`g`risidagi yangi axborotni e`lon qildi.

2018 yil 1 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 28,774 milliard dollarni tashkil etdi.

1 yanvarda bu ko`rsatkich 28 milliard dollarni tashkil etgandi. Shu tariqa, bir oyda oltin-valyuta zaxiralari hajmi 700 million dollarga ko`paydi.

Bundan 14,7 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, salkam 14 milliard dollar esa monetar oltindan iborat.

O`zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 27,250 milliard dollarga teng.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 632 | Добавил: Админ | Теги: Oltin-valyuta zaxiralarining yangi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar