23:56
Olimlar: yangi 2017-yil 2016-yilga nisbatan bir soniyaga kechroq kirib keladi
Ushbu yilda yangi yil biroz uzayadi, bunga sabab, yilning ohirgi kuni 31 dekabrida atom va astronomik vaqtni muvoqlashtirish uchun 1 soniya qo'shiladi, deb xabar beradi AQSh harbiy-dengiz rasadxonasi.

O'rgan asrning 50-yillar o'rtalarida atom soatlari paydo bo'lgandan so'ng, olimlar Yerdagi sutkani, yilning to'g'ri uzunligi va boshqa ko'plab xronologik xossalarni aniq o'lchash, imkoniga ega bo'ldilar. Ushbu o'lchamlarning natijalaridan biriga, Yer oz' o'qi atrofida notekis aylanishi kashfiyoti aylandi, chunki Yer har xil vaqt oraliqlarida bir xil aylanar ekan.

Natijada har xil soatlar vaqtlari orasida, ya'ni universal vaqt muvoqlashtiruvi (UTC) va sayyoramizdagi "real" astronomik vaqt (UT1 deb ataladi) orasida asta-sekin farq to'planib borar ekan, bu esa bir necha asrlar va ming yilliklardan so'ng vaqt boshlanishini va taqvimning tabiat hodisalari bilan bog'liq eng muhim sanalarini siljitishi mumkin.

Ushbu muammo yechimlaridan biri "kabisa soniyalari"ning ma'lum oylardan birining so'ngi kuniga qo'shishdir. Buning natijasida kun 24 soatga emas 24 soatu 1 soniyaga teng bo'ladi. Bunday kabi siljishlar tufayli hozir atom va me'yoriy vaqt orasidagi farq 36 soniyani tashkil etadi. So'ngi bor kun uzunligiga soniya yaqin orada qo'shilgan, 2015-yil 30-iyunida. Bu haqda RIA xabar beradi.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 891 | Добавил: Admin | Теги: Olimlar: yangi 2017-yil 2016-yilga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar