23:01 Olimlar qizil (lahm) go`shtni inson salomatligi uchun xavfli deb topishdi | |
Qizil (lahm) go`sht iste`moli oshqozonda saraton paydo bo`lish xavfini vujudga keltirishi mumkin ekan. Buni Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari o`z tadqiqotlarida aniqlashdi. “Bizning tadqiqot nafaqat qizil go`sht iste`moli oshqozonning aniq qismlariga ta`sir qilishini oydinlashtiradi, balki ko`plab odamlarning bu boradagi ovqatlanish odatlari haqida ma`lumot yig`ish muhimligini ko`rsatadi”, — deya yozadi “RIA Novosti” axborot agentligi universitet tadqiqotchilari fikriga tayanib. Zero, shifokorlar 17 yil davomida kuzatib borgan 32 ming nafar britaniyalik ayollarning ovqatlanish odatlari o`rganilganda, ularning 335 nafarida yo`g`on ichak saratoni, 119 nafarida to`g`ri ichak saratoni borligi aniqlangan. Parranda, baliq go`shtini tanovvul qilib keladiganlar yoki vegetariancha parhez tutadiganlarda saraton kasalligi rivojlanish xavfi past ekanligi ma`lum bo`lgan. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |