03:25
Olimlar mushuklar bilan sayr qilishning xavfi borasida ogohlantirishdi
Obern universiteti olimlari mushuklar bilan sayr qilishning xavfi borasida ogohlantirishdi, deb xabar berdi Actualnews.org nashri.

Ma`lum bo`lishicha, uy hayvonlari odatdagidan ko`ra uch marta ko`proq turli infeksiyalarni o`zlariga yuqtirib olishar ekan.

Tahlillarning natijalariga ko`ra, mushuklar ko`pincha dumaloq qurtlarni ilib olishar ekan. Keyin esa bu qurtlar o`zlarining sevimli “baroq”lari bilan o`ynashni yaxshi ko`radigan bolalarga osongina yuqadi va qorin og`rig`i, tomir tortishishiga sabab bo`ladi.

Parazitlar mushuklarga so`lak, havo yoki shunchaki teginish orqali yuqadi, negaki tabiatda mushuklar turli kasalliklarga chalinuvchan bo`lishadi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 487 | Добавил: Admin | Теги: Olimlar mushuklar bilan sayr qilish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar