20:08 O`zMUda «ziyoli snayperlar» qo`lga tushdi | |
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida bu yil xujjatlar qabul qilishda abiturientlar va ularning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib qo`yildi. Ayniqsa xujjatlarni onlayn tarzda ro`yhatdan o`tkazishni joriy etilganligi yangilik bo`ldi. Shu bilan birgalikda dasturiy vositalarning ishonchliligi, xavfsizligi masalalriga alohida e`tibor qaratildi. Xususan 2017-2018 o`quv yili uchun abiturientlar qabuli jarayonida hujjat topshiruvchini hujjatini qabul qilishda va test sinovlarini o`tkazishda biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish (identifikasiya) va boshqarish tizimi, shuningdek, yuzidan tanuvchi va barmoq izlari skaner orqali shahsni aniqlashga qaratilgan texnologiya qo`llanilmoqda. Shunga qaramasdan, 2017 yilning 11 iyul kuni O`zMUning Jurnalistika va Fizika fakultetlariga 1993 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan fuqaro Hasanov Bobur va 1998 yilda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan fuqaro Yoqubov Shaxzodbeklar boshqa bir abiturientning o`rniga hujjatlarini topshirishga urinishganlarida mazkur dastur yordamida sohta abiturient ekanliklari aniqlandi va xuquq tartibot organlariga ma`lumotlari taqdim etildi. Bu haqda O`zMU Qabul komissiyasi Axborot xizmati xabar berdi. Masalaning eng qiziq tomoni har ikki fuqaro ham o`zini “Biz “ziyoli snayperlar”miz, xech qanday ayb ish qilganimiz yo`q...”-deb da`vo qilishgan. Shu munosabat bilan Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Qabul komissiyasi barcha abiturientlar va ularning ota-onalarini yuqoridagi kabi “ziyoli snayperlar” ning tuzog`iga ilinib qolmaslikka chaqiradi. Shuningdek, yuqoridagi yangi “aqlli texnologiya” 2017 yilning 1 avgust kuni O`zMUning barcha fakultetlarida to`liq ishlashini ham ma`lum qiladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |