22:15
“O`zbekkonsert” yana bir xonandaning lisenziyasini tugatdi
O`zbekkonsert” davlat muassasasi lisenziat Dilmurod Sultonov bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bir marta qo`pol ravishda buzilganligi, sababli ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi tugatilishini ma`lum qildi.

Lisenziya “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 12 iyundan tugatildi.

Avvalroq muassasa tomonidan xonanda Shahnoza Otaboevaning lisenziyasi tugatilgandi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Просмотров: 1018 | Добавил: Admin | Теги: “Ozbekkonsert” yana bir xonandaning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar